Kaka: "Milan" bilan yana bir yillik shartnomam mavjud"

9 may 2014, 01:38
"Milan" jamoasi yarim himoyachisi Kaka jamoadan ketish haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritib o'tdi.

Mening kelajagim? Biz yana ikkita o'yin o'tkazishimiz kerak va shundan keyin mavsum tugaydi.
"Milan" bilan yana bir yillik shartnomam mavjud.
Bu erla ishqibozlar meni nafaqat yoqtirishadi, balki undanda ko'proq hurmat qilishadi.
Bu mavsum men uchun o'zgacha bo'ldi. Lekin jamoaga foyda keltira olmadim deb o'ylayman.
Biz Yevropa ligasiga yo'llanma kiritishni istaymiz. Bu biz uchun muhim. Ikkita o'yinda g'alaba qozonsak, ushbu turnirga ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishimiz mumkin. To'g'ri, bu musobaqa "Milan"dek jamoaning eng asosiy maqsadi bo'la olmaydi. 

Terma jamoaga chaqiruv olmadim? Bu kutilgan edi. Hammasi joyida. Robino borasida ham shuni aytish mumkin.

Mundial favoritlari safiga Ispaniya, Braziliya va Germaniya qo'shish mumkin. Lekin Argentina, Portugaliya, Italiya va Angliya kabi jamoalardan ham har narsani kutish mumkin.


Manba: sports.ru