Joze Mourinyo: Aslida birinchi bo'limdayoq 5:0 hisobida yutishimiz kerak edi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017, 10:02
MYU ustozi Joze Mourinyo Bazel bilan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Birinchi bo'limning o'zida 5:0 hisobida oldinda borishimiz kerak edi, ammo umuman gol ura olmadik, shu bois yakunda mag'lub bo'ldik. Birinchi taymda ustunlik qildik. Bazelni yutmaslikka haqqimiz yo'qdek edi.

Blindni o'tkazilgan golda ayblash to'g'ri emas. U yaxshi o'yin o'tkazdi. Butun jamoa aybdor, chunki shuncha vaziyatlardan gol ura olmadik.

So'nggi turda g'alaba qozonishimiz shart emas, ammo durang ham meni qoniqtirmaydi, shunday ekan g'olib bo'lishga harakat qilamiz, – deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com