Jerom Boateng yolg'on ko'rsatma berishda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
9 fev 2018, 11:47
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng tezlik oshirish ishi bo'yicha yolg'on ko'rsatma berishda ayblanmoqda.

O'tgan yilning yozida futbolchining avtomobili Berlin yo'l qoidalarini buzib harakatlangan edi, biroq Boateng o'sha payt rulda o'zi emas, havaskor klubda o'ynaydigan ukasi Jorj bo'lganini aytgan edi.

Policiyaning tasdiqlashicha, yo'lda olingan suratlarda mashinani Jerom Boateng boshqargani aniq ko'ringan va bu ish borasida tekshiruv davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild