Jerar Pike: "Menga ko'p qolmaganini bilaman"

Alisher
23 okt 2021, 10:48
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike faoliyatini yakunlash haqida o'ylayotganini qayd etdi.

"Voyaga yetish bosqichlar orqali o'tadi. Yoshingiz o'tgani va hamma narsani oz-ozdan boshdan kechirganingizdan so'ng, barqarorlik va xotirjamlikni afzal ko'rasiz.

Yaxshi oilam bor va jamoada ishlayapman. Men bilan barchasi joyida. Menga ko'p qolmaganini bilaman, ammo qanchaligini emas", - deydi Pike.

34 yoshli Pike joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS