Jeparov "Sepaxon" safidagi ilk golini urdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
5 mar 2017, 22:43
Eron pro-ligasida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Server Jeparov o'ynayotgan "Sepaxon" klubi o'z uyida "Zob Ahan"ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida aynan Jeparov gol urib hisobni ochdi. Bu futbolchimiz uchun "Sepaxon" tarkibidagi birinchi goli bo'ldi.

"Zob Ahan" OCHL-2017 guruh bosqichi doirasida "Bunyodkor" bilan to'qnash keladi.

"Sepaxon" 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.

Eron pro-ligasi
"Sepaxon" - "Zob Ahan" 2:1
Gollar:
Server Jeparov 9, Hasanzoda 27 penalti - Bengston 88 penalti

TAS-IX emas




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia