

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" 22 noyabr kuni, yani ertaga A Seriya doirasida "Udineze" mehmoni bo'ladi.
E'tiborlisi, jarohati sabab bir necha o'yinlarni o'tkazib yuborgan Eldor Shomurodov ertangi o'yin qaydnomaga kiritildi va hamyurtimiz yana maydonga qaytadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi va saytimizda matnli translyatsiya qilinadi.
ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING




