JCH-2022. Niderlandiya va Ekvador o'zaro durang o'ynadi. Guruh g'olibi so'nggi turda aniqlanadi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2022, 22:57
JCH-2022ning 2-turi doirasidagi Niderlandiya – Ekvador uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyatsiyani kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

Niderlandiya – Ekvador 1:1

Gollar:
1:0 – 6 Gakpo, 1:1 - 49 Valensiya.

25 noyabr, 21.00, "Halifa stadioni"

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, Klassen (Bergeys, 69), Kopmeyners (de Ron, 79), de Yong, Bergveyn (Depay, 46), Gakpo (Vegorst, 79).

Ekvador – Galindes, Presiado, Torres, Poroso, Inkapie, Estupinyan, Mendes, Plata (Ibarra, 90), Kaysedo, Valensiya (Rodriges, 90), Estrada (Sarmiento, 74).

Ogohlantirishlar: Mendes (57).

SAHIFANI YANGILASH


97. UCHRASHUV YAKUNLANDI! DURANG!


95. Ekvador oldinga intilmoqda. 


90. Hakam uchrashuvga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


90. Ekvadorda ikkita o'zgarish. Enner Valensiya o'rniga Kevin Rodriges, Gonsalo Plata o'rniga Romario Ibarra o'yinni davom ettiradi.


87. Enner Valensiya jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 


86. Kaysedo Akeni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 


83. Bugungi o'yinni kuzatish uchun 44833 nafar muxlis "Halifa" stadioniga keldi.


80. Niderlandiyada yana o'zgarish. Kopmeyners o'rniga Marten De Ron o'yinni davom ettiradi. 


79. Gakpo o'rniga Vegxorst uchrashuvni davom ettiradi. 


74. Estrada o'rniga Sarmiento o'yinni yakunlab qo'yadi. 


73. Gakpo o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 


69. Klassen o'rniga Bergeys uchrashuvni davom ettiradi. 


66. Kompeynerning burchakdan oshirgan zarbasi befoyda ketdi. 


63. Estradadan Niderlandiya darvozasi tomon zarba! Ammo samarasiz.


57. Jegson Mendes raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 


54. Ana endi Niderlandiya ham oldinga o'tishiga to'g'ri keladi. 

49. GOOOOL! Valensiya hisobni tenglashtirmoqda! Ekvadorlik futbolchining bergan zarbasini Noppert qaytardi. Qaytgan to'pni esa Valensiya raqib darvozasiga yo'lladi!


48. Ekvador vaziyatni o'nglay olarmikin? Qanday fikrdasiz? 


46. Niderlandiya safida Bergveyn o'rniga Memfis Depay maydonga tushdi.


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


47. GOOOOOOL! Ekvador hisobni tenglashtirmoqda!  Estupinyanning golini hisobga olishmadi. Hakamlar o'yindan tashqari holat qayd etishdi. Hisob o'zarmay qoldi.  


45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 


43. Ekvador to'pni nazorat qilishga urinmoqda. Niderlandiya esa pressing evaziga to'pni olib qo'yishga harakat qilyapti. 


38. Bu vaqtga kelib darvozalarga aniq zarba berish bo'yicha hisob - 1:1.


32. Zarbaaa! Valensiya!!! Darvozabon Noppertdan seyv! Ekvador oldinga o'tmoqda. 


29. Estrada hujumda fol ishlatdi. 


25. Ekvadorliklar chap qanot orqali hujumga o'tishdi. Ammo Van Deyk ushbu xavfni bartaraf etdi. 


22. Uchrashuvda temp tushdi.


17. O'yin nazorati yevropaliklarga o'tgan. 


11. Valensiyaning zarbasi bartaraf etildi.


9. Goldan so'ng endi to'p nazorati ekvadorliklarga o'tdi. 

6. GOOOOOL! Kodi Gapko chap oyoqdagi zarbasi bilan taxminan 25 metrlardan hisobni ochmoqda!


3. Dastlabki daqiqalarda niderlandiyaliklarda to'p nazorati. 


1. Boshladik!


- Mamlakatlar madhiyasi yangramoqda!


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Niderlandiya hamda Ekvador terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyatsiyani boshlaymiz. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia