JCH–2018 saralashi. Eron – O'zbekiston uchrashuvining boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 may 2017, 14:19
2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga so'nggi saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O'zbekiston terma jamoasi safarda Eron bilan bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o'tkaziladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilandi.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O'zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha 3-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com