Javlon Mirabdullaev “Metallurg”dan ketmoqda

21 dek 2015, 07:00
Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan Javlon Mirabdullaev bu yilgi mavsumni “Metallurg” safida o'tkazgandi.

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, iqtidorli himoyachiga Toshkent klublaridan jiddiy qiziqish bo'lgan. Shu bois Mirabdullaevni bekobodliklar bilan xayrlashishi kutilmoqda. Biroq aynan qaysi jamoaga ekanligi hozircha sir tutilmoqda. Eslatib o'tamiz, ayni damda OTJmizning Dubaydagi yig'inida bo'lib turgan Javlon bu yil jamoasi safida chempionat doirasida 20ta o'yinda maydonga tushgan. 



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia