Jasur Abduraimov: "Bunaqa vaziyatda kimdir penalti beradi, kimdir esa yo'q"

Sherzod Nurmatov
19 sen 2021, 21:25
Coca-Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yin haqida fikrlarim? Fikrlar, fikrlar va yana fikrlar. Bular juda ko'payib ketdi. Bugun yaxshi o'ynadik. O'yin davomida himoyada xatolarga ham yo'l qo'ydik. Biz oldinda o'ynadik, hatto durang ham biz uchun yomon natija edi. Endi tasavvur qilavering. Hakam haqida gapirmayman, o'yinga qarab aytish mumkin, ustunlik biz tomonda bo'ldi.

- O'tgan turda jamoa 7 turdan so'ng g'alaba qozongandi. "Metallurg" bu qiyinchilikdan chiqib keta olmayaptimi?

- Ruhan muammo bo'lsa, jamoa o'yinni nazorat qila olmaydi.

- Demak, jamoa o'yinidan mamnunsiz?

- Ha, jamoa yomon o'ynagani yo'q. Bunaqa vaziyatda kimdir penalti beradi, kimdir esa yo'q. Bugun o'tgan o'yinlardan farqli ravishda himoyada bitta xatoga yo'l qo'ydik. Penalti bo'yicha fikr bildirish mening vakolatimga kirmaydi.

- Ibrohim Ibragimovning maydonga tushmaganiga sabab nima edi?

- U jarohat olgan, shu sabab o'ynamayapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia