Jamshid Saidov: "Juda og'ir kechgan mavsumlardan birini yakunladik"

Narzulla Saydullayev
23 noya 2016, 17:21
"Buxoro" - "Sho'rtan" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun juda og'ir kechgan mavsumlardan birini yakunladik. Havo sovuqlligiga qaramasdan bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman.

Umuman olganda butun mavsum davomida butun O'zbekistonga o'rnak bo'la olgan muxlislarga jamoamiz nomidan rahmat aytaman. Yil davomida "Buxoro" xalqi uchun mehnat qilgan futbolchilarga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Yil davomida har tomonlama bizni qo'llab-quvvatlab kelgan barcha rahbarlarimizga rahmat", - deydi Jamshid Saidov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia