Jaka qay tariqa muxlislar bilan urushib qolayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 15:41
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka APLning 10-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin vaqtida muxlislarning emociyalari haqida gapirdi.

"Zaxira hakamining qo'lidagi tabloda mening raqamim ko'ringanidan keyin muxlislar xursandligidan baqirib yuborishdi. Bu esa menga qattiq ta’sir qildi. Hattoki hozir ham ularning shunday dushmanlarga hos qilayotgan munosabatini tushuna olmayman.

Men doimo muxlislarning har qanday hissiyotlariga katta hurmat bilan qaraganman. Ular doimo bizni qo'llab-quvvatlashadi. Ularning adolatli tanqidlari bizni rivojlantiradi. Ularning energiyasidan futbolga bo'lgan muhabbat yanada kuchayadi.

Ammo, o'z muxlislaring senga shunday zarba berishi - juda og'riqli. Ha, tanqidlarni to'g'ri qabul qilaman. Agarda men va jamoa yomon o'yin ko'rsatsa, shikoyatlarni o'rganib chiqib, ishlash kerak.

Biroq haqorat va o'z sardorining ustidan kulish, kiyinish xonasidagi atmosferani yomonlashtiradi. Bu esa mantiqsiz.

Shundan keyin futbolchilar menga yupatishga harakat qilishdi, albatta, bundan biroz taskin topdim", - dedi Jaka.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express