Jahon chempionatiga qur'a tashlaymiz

Aslanov Jasurbek
1 dek 2017, 12:42
Bugun, 1 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da Moskvadagi Kreml saroyida 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga qur'a tashlanadi.

Ushbu voqea munosabati bilan saytimiz o'quvchilari o'rtasida jahon chempionatiga qur'a tashlaymiz. Har bir foydalanuvchimiz izohlarda (komment) o'zi tuzgan guruhlarni taqdim etishi mumkin.

Qur'a shartlari:

1. Bir guruhda bir savatchadan faqat bitta jamoa ishtirok etadi.

2. Bir guruhda bitta qitadan ikki mamlakat bo'lmasligi kerak (Yevropadan tashqari)

3. "A" guruhida Rossiya mezbon bo'lganiligi tufayli birinchi tanlanadi.

Masalan, "A" guruhi: Rossiya, Kolumbiya, Islandiya, Avstraliya.

Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveytsariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya
Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron
To'rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni

Qani boshladik

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia