Ixtiyor Toshpo'latov: "Keyingi o'yinlarda “Neftchi”ga omad tilayman"

Narzulla Saydullayev
27 avg 2016, 09:00
Ma'lumki,Oliy liganing 20 –tur doirasida Jizzaxliklar o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” jamoasini 1:0 hisobida engdi.
O'yindan so'ng gol muallifi, jamoaga 2-davrada kelib qo'shilgan hujumchi Ixtiyor Toshpo'latov o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun jamoa safida birinchi golni urdim. Bundan juda ham xursandman. Bundan keyin ham to'xtamaslikka harakat qilaman. Jamoadoshlarimni va muxlislarimni tabriklayman. Uyda, muxlislar ko'z o'ngida o'ynash doimo hayajonli. Muhimi g'alaba! Kirib kelayotgan bayram bilan barchani tabriklayman.  

Dildora Xolboeva

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia