Italiya futbol federatsiyasi rahbari: "Chempionat 3 maydan davom etishi kerak"

Alisher
19 mar 2020, 14:15
Italiya futbol federatsiyasi rahbari Gabriele Gravina chempionatning davom ettirilishi may oyi boshlariga rejalashtirilganini ma'lum qildi.

"Biz allaqachon taqvimni tuzishni boshlab yubordik, chempionat 3 mayda boshlanishi va iyun oyi oxirida yakunlanishi kerak. Iyul oyining bir necha kunlaridan foydalanishimiz ham mumkin.

Biz musobaqaning 3 mayda davom ettirilishiga amin bo'lishimiz kerak. A Seriyaning tugamasligi ko'p pulni talab qiladi. Eng yaxshi muddat 30 iyundir, agar boshqa muammolar yana bo'lsa biz favqulodda choralar ko'ramiz va hatto 30 iyulgacha ham yetib borishimiz mumkin", - deydi federatsiya rahbari.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Evro-2020 2021 yilga qoldirilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net