
"Alsira"ning 13-14 yoshli jamoasida to'p tepuvchi Nacho Barbera kasalxonaga etkazildi, ammo uning hayotini qutqarib qolish uchun qilingan harakatlar besamar ketdi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu tragediyagacha bolaning yurak kasalligi bo'lgan.

Valensiya shahrida joylashgan "Alsira" klubi dam olish kuni o'tkaziladigan o'z jamoasining barcha o'yinlarini bekor qildi. Ko'plab ispan klublari hamdardlik bildirishdi.