Ispaniya terma jamoasida ham yo'qotish... Morata, Inesta, Karvaxal

Aslanov Jasurbek
2 okt 2017
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yetakchilar Alvaro Morata, Andres Inesta va Dani Karvaxalni jarohat safdan chiqqanligini tasdiqladi.

“Chelsi” hujumchisi Alvaro Morata, “Barselona” yarim himoyachisi Andres Inesta va “Real” himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniyaga JCH‑2018 caralash bosqichi doirasidagi Albaniya va Isroil terma jamoalariga qarshi o'yinlarda aniq yordam bera olmaydi.  

“Qizil furiya” ustozi bu futbolchilar o'rniga “Atletik” hujumchisi Aritc Aduris, “Las-Palmas” yarim himoyachisi Xonatan Vieru hamda “Real Sosedad” himoyachisi Alvaro Odriosolni taklif qildi.

Ma'lumot uchun, ispanlar 6 oktyabr kuni uyda Albaniya, 9 oktyabrda safarda Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: