Ispaniya futbol federatsiyasi Del Boske bilan shartnomani uzaytirmoqchi

15 noya 2013, 17:17
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske, Jahon chempionati-2014 musobaqasidan so'ng ham o'z o'rnida qoladigan bo'ldi.

Ispaniya futbol federatsiyasi murabbiy bilan yangi shartnomani tasdiqlab bo'lgan. Shartnoma 2016 yilgacha mo'ljallangan, deb xabar beradi Marca.

Shartnoma alla qachon mamlakat futbol federatsiyasi bosh kotibi Xorxe Peres tomonidan imzolab bo'lingan.

Ta'kidlab o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCH-2014 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgach, Del Boske bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilingan edi.


Manba: sports.ru