

Avval xabar berganimizdek, uchrashuv Qibraydagi o'yingohda soat 15.00da bo'lib o'tadi. Kecha jamoa tarkibiga darvozabon Asilbek Omonovni kelib qo'shilganligi haqida xabar bergandik. Jamoadagi darvozabonlar soni ko'pchilikni tashkil etganligi sababli murabbiylar Akmal Tursunboevga javob berishga qaror qilishdi.
Bundan tashqari o'tgan mavsum ikkinchi yarmida “Navbahor”ga o'tgan yarim himoyachi Islom Isoqjonov ham keyingi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni lozim topdi. Isoqjonov Bekobodning “Metallurg” klubidan tushgan taklifni qabul qilib jamoamizning vaqtinchalik qarorgohini tark etdi.
“Navbahor” futbol klubi nomidan har ikki futbolchiga keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.




