

- Shu kungacha g'alaba qozona olmay kelayotgan edik. Shu bois temiryo'lchilarga qarshi bahs ham oson o'tmasligi aniq edi. Ammo qiyinchiliklarni engib o'tib, muvaffaqiyat qozonishimiz zarur edi. Uchrashuvdagi kiritgan tezkor golimiz bizga yordam berdi. Umuman olganda yana bir qator golli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. Biroq yigitlarga sovuqqonlik yetishmadi.
- Lokomotiv-BFK jamoasining o'yini menda yaxshi taassurot qoldirdi. O'tgan mavsumdagiga solishtirganda, bu yil o'sish bor.
- Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yindan ko'nglim to'lmadi. Bplki bu ketma-ket g'alabasiz o'yinlardan keyin shunda bo'layotgandir. Umid qilamanki, yigitlar turdan-turga o'z o'yinini topib boradi, - deydi Islombek Murodovich.
Islombek Rustambekov



