Isko masalasi bo'yicha intizomiy ish ochildi

11 mar 2019, 02:11
"Real" rahbariyati Solari so'rovidan so'ng Isko masalasida qonuniy ish ochdi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu jarayonga bosh mas'ul etib Santyago Solari tayinlangan. Eslatib o'tamiz, 26 yoshli ispaniyalik YCHL 1/8 final bosqichida "Ayaks"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaganidan so'ng, jamoa bilan birga avtobusda ketishdan bosh tortgan edi. 

Isko ayni vaqtda bo'lib o'tayotgan "Valyadolid"ga qarshi o'yin qaydnomasidan ham joy olmadi. Joriy mavsum ispaniyalik xavbek "Real" libosida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 bor golli uzatma muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/JLSanchez78