Biz raqibimiz haqida so'nggi yangiliklarni berishga qaror qildik.
Iordaniya milliy terma jamoasida o'tgan hafta qizg'in holat kuzatildi. Gap shundaki, “Nashama”ning Iroq bilan 28 avgust kuni o'tishi belgilangan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Misrlik mutaxassis Hussam Hassan mazkur bellashuvda xorij klublarida o'ynayotgan futbolchilar xizmatidan foydalana olmasligi bois bahsni bekor qilish haqida iltimos qildi. Shundan keyin Iordaniya FA Iroq FFga rasmiy xat jo'natgan. Undan ko'ra, Hassam futbolchilarning kubok bahslaridagi harakatlarini kuzatishni maqul topdi. O'zbekiston bilan uchrashuvgacha yana 2 bellashuvda o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishni istagan iordaniyaliklar endi faqat mashg'ulotlar orqali bunga tayyorlanishadi. Lekin hozigacha ular 3ta uchrashuv o'tkazib bo'lishdi. Mahalliy klublardagi o'yinchilar esa kubok uchrashuvlarida 5 o'yinda qatnashishdi.
O'tgan haftadagi yana bir e'tiborli voqea Iordaniya milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Amir Shafianing dushanba kuni operaciya qilingani bo'ldi. U o'ng tizzasida yuzaga muammo tufayli operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldi. Shafiani operaciya qilgan doktor Ababnehning takidlashicha, Amirning ahvoli yaxshi va xavotirga tushishga o'rin yo'q. Mutaxassis Shafia tiklanish jarayonini tez o'tab, yaqin kunlarda safga qaytishini aytib o'tdi. Ushbu posbon Iordaniyaning Suriyaga qarshi uchrashuvidan avvalgi mashg'ulotlarda jarohat olgandi. Amirning O'zbekiston bilan o'yinlarda maydonga tushishi mumkinligi xabar berilgan.
Behzod Nazarov