"Inter" va Nainggolan shartnomani bekor qilishga yaqin

Alisher
25 iyul 2021
Belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan tez orada Italiya chempioni safini tark etishi mumkin.

"Inter" 33 yoshli xavbek bilan hamkorlikni bekor qilmoqchi. Tomonlar muzokaralarga kirishishdi.

Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisining xizmatlariga "Beshiktosh" klubi qiziqish bildirmoqda. Istanbulliklar Nainggolanga 2 yillik shartnoma va 2,5 mln evrolik maosh taklif qilishga tayyorlar.

Futbolchi o'tgan mavsum "Kalyari" (ijara) safida A Seriyada 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira