"Inter" Mertens uchun kurashda yutishga umid qilmoqda

Alisher
1 apr 2020
"Inter" "Napoli" hujumchisi Dris Mertens bilan kelishuvga erishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi shu mavsum so'nggida yakuniga etadi va tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishmadi.

Hujumchi joriy mavsum "Napoli" libosida 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 6ta assistga erishdi.

Oldinroq, Mertensga Yevropaning top-klublari, jumladan Madridning "Atletiko" klubi qiziqayotganligi borasida xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato