“Inter” futbolchisi “Atalanta”ga o'tishi mumkin

10 iyun 2020, 08:40
Espozito klubini almashtirishi kutilmoqda.

“Atalanta” klubi “Inter”ning 17 yoshli hujumchisi Sebastiano Espozitoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Espozito hozircha Milan klubi bilan yangi kelishuv borasida kelisha olgani yo'q. Bergamo klubi esa bundan foydalanib qolish niyatida. Espozitoni “Atalanta”da ko'rishni esa jamoa ustozi Jan Pero Gasperinining shaxsan o'zi xohlamoqda.

“Atalanta” futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin. Antonio Konte esa hujumchi bilan xayrlashishga ishtiyoqmand emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com