Inesta MLS klublari taklifini rad etdi

28 dek 2019, 23:25
Ispaniyalik futbolchi Yaponiyada qolishga qaror qilgan.

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, "Vissel Kobe" jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta MLSning bir qator klublari qiziqishlariga sabab bo'lgan. Aytishlaricha, 35 yoshli futbolchi okeanortining 3 klubi taklifini rad qilib, Yaponiyada qolishga qaror qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Inesta oldinroq argentinaning "Estudiantes" klubi taklifini ham qabul qilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo