
Yarim himoyachi kataloniyaliklar bilan shartnomani 5 yilga uzaytirdi. Yangi shartnoma 2020 yilga qadar davom etadi, deb xabar beradi Football Espana.
Shartnomaga ko'ra, Inestaning maoshi yiliga taxminan 10-11 million evroni tashkil etadi. Shunday qilib u, Messidan keyin “Barselona”dagi eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Yangi shartnoma haqida rasmiy xabar 2013 yilning yakuniga qadar ma'lum qilinadi.