"Imperator" "Yuventus"ga qarshi maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2016, 08:39
"Roma" sardori Franchesko Totti Italiya A seriyasi 17-turidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

40 yoshli futbolchi hali jarohatidan qutulmagan. Bundan tashqari "bo'rilar"ga Leandro Paredes ham yordam bera olmaydi. Maydonga tushishi so'roq ostida bo'lgan Muhammad Saloh o'yin qaydnomasiga kiritildi.


"Roma"ning Turinga boradigan tarkibi:

Darvozabonlar: Alisson, Voycex Shchensni, Andrea Romanoli
Himoyachilar: Manolas, Emerson, Mario Rui, Facio, Juan Jezus, Mustafo Sech, Vermalen, Bruno Peres, Ryudiger
Yarim himoyachilar: Jerson, Strootman, De Rossi, Nainggolan
Hujumchilar: Perotti, Saloh, El Shaaravi, Jeko, Iturbe


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: asroma.com