Ilhom Shomurodov 3ta o'yinda 4ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2015, 12:41
Qarshining "Nasaf" klubi voha derbisida "Mashal"ni qabul qilib 3:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu o'yinda Ilhom Shomurodov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, hujumchi oliy ligadagi oxirgi 3ta o'yinda raqiblar darvozasiga jami 4ta gol urdi.

Shomurodov 13-turda "Dinamo"ga qarshi bahsda 2ta, keyingi turda "Paxtakor" darvozasiga bitta, "Mashal" bilan bahsda ham bitta gol urdi.

Ma'lumot uchun, Ilhom Shomurodov birinchi davrada 6ta gol urdi. U "Nasaf"ning to'purari bo'lib turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia