Iguainning otasi: "Peres butun matbuotni sotib olgan va unga argentinaliklar yoqmaydi"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2015, 14:16
"Real" sobiq hujumchisi Gonsalu Iguainning otasi Xorxe Iguain "Qirollik klubi" prezidentini tanqid qildi.

"Gonsalo "Real"ni Peresga argentinaliklar yoqmaganligi tufayli tark etdi. Ushbu sabab tufayli Redondo, Kambyasso, Solari, Gago va Di Mariyalar ham klubdan ketgan. Peres o'ylaganini hech qachon yuzingga aytmaydi. U butun matbuotni va klub rahbariyatini sotib olgan. Shu sababli u Anchelottini ham haydab yubordi" - deydi Xorxe Iguain.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com