Ibrohim Otaxonov: Derbida bizni faqat g'alaba qoniqtiradi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016, 07:29
Bugun Qo'qonda vodiy derbisi bo'lib o'tadi. Qo'qon-1912 - Andijon qarama-qarshiligini turning markaziy o'yini deyish mumkin.

Bo'lajak uchrashuv oldidan, burgutlar sardori Ibrohim Otaxonovdan qisqacha intervyu oldik.

- Bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik yuqori darajada bo'ldi. Faqat g'alaba bilan qaytishni o'ylamoqdamiz. Shu bois yigitlarning ishtiyoqi yuqori. Qo'qonga uch ochko olish maqsadida kelganmiz. Sababi chempionatdagi ikkita mag'lubiyatdan keyin Andijonga g'alaba nihoyatda zarur. Muvaffaqiyatli o'tkazib olsak, keyin hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.

- Qo'qonliklar ham o'z uyida g'alaba uchun o'ynashlari turgan gap. Raqib yaxshi shakllangan jamoa. Ularni xurmat qilamiz. Derbida baribir boshqacha shiddat va joziba bo'ladi. Bu kabi o'yinlarda jamoalarning egallab turgan o'rni ham u qadar ahamiyatli emasdek.

- Futbolchilarning tayyorgarligi a'lo darajada. Ruhiy  xolati ham qoniqarli deyish mumkin. Kubok doirasidan o'rin olgan uchrashuvlarda muvaffaqiyatli o'ynab kelindi. Bu ham qaysidir manoda biz futbolchilarga ijobiy ta’sir qiladi. Umid qilamanki, Qo'qondan ham yaxshi kayfiyatda qaytamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia