Ibragimovich necha yoshgacha futbol o'ynay olishi mumkinligini aytdi

30 noya 2019, 01:17
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Milan“ga bo'lgan munosabati va futbolchilik faoliyatini hali yakunlash niyati yo'qligi haqida gapirdi.

“Milan – mening ikkinchi uyim. Bu men uchun shunchaki ikkinchi shahar emas, balki aynan ikkinchi uyimdir.  U yerda o'tkazgan vaqtim ajoyib xotiralarga boy. Agar menga katta loyihaga ega jamoa taklif bilan chiqsa,  shu darajada 50 yoshgacha o'ynashim mumkin.

Men endigina Los-Anjelesdagi fantastik kechgan sarguzashtimni yakunladim. Endi ikki dunyoning ikkita qahramoni bor: men va Juzeppe Garibaldi“, - deydi Ibragimovich.

Zlatanning so'nggi klubi “Los-Anjeles Gelaksi“ bo'ldi va tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. 2020 yil 1 yanvarda 38 yoshli hujumchi rasman erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta dello Sport