Ibragimovich: "MYU raqiblarining xatolariga umid qilmoqda"

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2017, 20:50
Manchester Yunayted futbolchisi Zlatan Ibragimovich jamoasining APL turnir jadvalidagi o'rni haqida gapirib o'tdi.


"Bilasizmi? Agar mavsum boshida ochkolar yo'qotilmaganida hozir qanday o'rinda turgan bo'lardik.

Top-5 dan ortda qolib ketgandik. Endi esa biroz yaqinlashib qoldik. Bizni ikkinchi o'rindagi jamoadan 5 ochko ajratib turibdi. "Chelsi"dan esa 12. Endi raqiblar xato qilishlarini kutishimiz ham kerak.

Umid qilamizki, ular ochko yo'qotadilar. Biz esa qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Jamoa yana o'ziga ishona boshladi", - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports