Ibragimovich “Jenoa”ga qarshi bahsda qatnashadimi?

Eldor Akmurzayev
15 dek 2020, 19:40
Italiya chempionati 12-turida jadvalda peshqadamlik qilayotgan “Milan” 16 dekabr kuni safarda “Jenoa” bilan bahs olib boradi.

Football Italia manbasiga ko'ra, shved mazkur bahsni o'tkazib yuboradi. U bugun individual tarzda mashq o'tkazgan. Zlatan mushaklaridan olgan jarohati tufayli 3 hafta lazaretda davolangandi. 

Shuningdek, genuyaliklarga qarshi bahsda “rossonerilar”ga himoyachi Simon Kyaer ham yordam berolmaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia