Husniddin G'ofurov - AGMK futbolchisi!

Aziz Tukhtamuradov
31 avg 2020, 18:37
Yozgi transfer oynasida AGMK selekciya ishlarini davom ettirdi.

Bugun AGMK futbol klubi jamoa tarkibiga yangi futbolchi qo'shib oldi. O'tgan mavsumda "Paxtakor" safida O'zbekiston chempioni bo'lgan hujumkor vinger - Husniddin G'ofurov endilikda AGMK a'zosiga aylandi. Husniddin G'ofurovning transferi yil yakuniga qadar "Paxtakor"dan ijara asosida qo'lga kiritildi. Futbolchi joriy mavsumnining birinchi davrasini "Surxon"da o'tkazdi. Ikkinchi davradan e'tiboran Husniddin G'ofurov AGMK libosida maydonga tushadi.

Shuningdek, yil boshida "Qizilqum"ga ijaraga berilgan jamoamizning yosh darvozaboni - Nizomiddin Ziyovutdinov yana AGMKga qaytdi va bugun G'ofurov hamda Ziyovutdinov Superligada o'ynashi uchun AGMK a'zosi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi.

Husniddin G'ofurov 94-raqam ostida, Nizomiddin Ziyovutdinov esa 1-raqamda harakat qiladi.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Husniddin!

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/pfcagmk