Husanov osiyoliklar ichida APL rekordini yangilaydi

Khoja
11 yanv 2025, 09:30
Lans Abduqodir Husanovni Manchester Sitiga 40 million evroga sotayotgani haqida xabarlar berildi.

Agar ushbu transfer 40 million evroga amalga oshsa, Abduqodir Husanov osiyoliklar ichida APLga transfer qilingan eng qimmati bo'ladi.

Bundan avvalgi rekord Son Xyon Minga tegishli. Koreyalik futbolchini Tottenxem 2015 yilda 30 million evroga sotib olgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia