Hafta yakuni. "Bunyodkor"dan "Olmaliq"qacha...

Nadirkhuja Yuldashev
15 iyul 2013, 12:57
Oliy liga tanaffusga chiqib zerikib qolganimiz rost. Chempionatimiz qanchalik zerikarli bo'lmasin, u Siz undanda zerikarli ekan.
Yakuniga etgan haftada liga ishtirokchilari nima bilan band bo'ldilar? Keling, "arxiv"ni  ko'taramiz.

"Bunyodkor": Musaev ketdi!
Katta niyatlar bilan "Nasaf"dan "Bunyodkor"ga ko'chib o'tgan Fozil Musaev poytaxtliklar tarkibida o'z o'rniga ega  bo'la olmadi. Qatarning "Qatar SK" jamoasi tibbiy ko'rigidan o'tgan yarim himoyachi nima uchundir "Yulduzlar  ligasi"da qolmadi. Ma'lumotlarga ko'ra, unga BAA va Qatarning boshqa jamoalaridan takliflar bor. Musaev  uchun "Bunyodkor" yagona yo'qotish xolos. Ammo jamoaga hech kim kelib qo'shilgani yo'q.

"Lokomotiv": Salom, Suyunov!
Uzoq yillar davomida "Paxtakor" sharafini himoya qilgan Ilhomjon Suyunov chempionlik uchun kurash olib  borayotgan "Lokomotiv" taklifiga rozi bo'ldi. Yakuniga etgan haftada himoyachi "temiryo'lchilar" bilan og'zaki  kelishuvga erishdi.

"Nasaf": Gevorkyan hech qaerga kyetmaydi!
Joriy mavsum Ro'ziqul Berdiev uchun murabbiy sifatida omadli kelyapti. Qarshiliklarni chempionatda  chempionlik uchun kurashish bilan barobarida, O'zbekiston Kubogidagi yurishlarini davom ettiryaptilar. Avvalgi  haftada jamoa yuragi Artur Gevorkyanni "Lokomotiv"ga o'tishi haqida chiqqan xabarlar asossiz ekanligi, "Nasaf"  matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

"Paxtakor": Ketishyapti...
O'z tarixidagi qiyin yillardan birini o'tkazayotgan "Paxtakor"ga kelayotganlar hozircha yo'q. Aksincha jamoani bir  qator futbolchilar tark etish arafasida. Suyunov allaqachon jamoa bilan xayrlashdi. Temurxo'ja  Abduxoliqovning ham taqdiri 100% hal bo'lmagan. Sherzod Karimov ijaradan jamoaga qaytgan. Krimecning  qaytishi esa hozircha so'roq ostida.


"Metallurg": Ikromov yana jamoa bilan
"Lokomotiv" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng oyog'ini kesib olgan "Metallurg" posboni Mamur Ikromov 3 oyga  safdan chiqqan edi. Joriy mavsum konchilar ancha sermazmun o'yin namoyish etishyapti. Kuni kecha ikkinchi davraga  tayyorgarlikni boshlagan Rustam Mirsodiqov shogirdlari safiga Ikromov ham qaytdi. Bu posbon ikkinchi davrada  to'liq kuch bilan jamoasiga yordam berishga tayyorlanyapti.


"Buxoro": Hammasi bugun boshlanadi
"Buxoro" ikkinchi davraga tayyorgarlikni bugun boshlaydi. Unga qadar aytarli o'zgarishlar bo'lmadi. Jamoani hech kim tark etgani yo'q, shu jumladan hech kim kelgani ham yo'q.

"Olmaliq": Mamazulunov ketdi
Birinchi davra yakuniga ko'ra jamoani hozircha uch futbolchi himoyachi Akmal Rustamov, yarim himoyachi Samandar Shodmonov va hujumchi Mo'ydin Mamazulumov tark etdilar. Jamoani o'zi esa birinchilardan bo'lib ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlagan. Igor Shkvirin 10-16 iyun kunlari oralig'ida Chimyonda bo'ladilar.


Davomi bor...

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia