Gyundogan Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emasligini ma'lum qildi

Alisher
23 avg 2021, 16:53
Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan Germaniya termasidagi faoliyatini yakunlamoqchi emas.

"Men terma jamoa bilan hali yakunlamadim. Yevropa chempionatidan chiqib ketganimizdan juda ham xafa bo'ldim. O'zimga kelishim uchun vaqt kerak bo'ldi.

Flik bilan telefon orqali gaplashdim, biz uzoq suhbat qurdik. U menga muvaffaqiyat qozonmoqchi ekanligini va bu jamoada qanday rol o'ynashim kerakligini tushuntirdi", - deydi Gyundogan.

Gyundogan 2011 yildan beri Germaniya terma jamoasida o'ynaydi. 30 yoshli xavbek 49ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker