Gonsalo Iguain: "Totti va Teves - A Seriyaning eng kuchli futbolchilari"

21 fev 2014, 01:23
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain eapoldpgi hayoti va A Seriya haqida gapirib o'tdi.

"Neapolda baxtiyorman. Bu shahar menga Argentinani eslatmoqda. Shuning uchun ham bu yerda o'zimni huddi o'z uyimda yurgandek his etaman. Muxlislar meni yaxshi ko'rishadi. O'zim ham juda yaxshi formadaman va o'yinlardan rohat olmoqdaman. Menda hammasi yaxshi. A Seriya Bundesliga yoki Ispaniya chempionatidan kuchsizmas. Chempionatning eng kuchli futbolchilariga keladigan bo'lsak, ular - Totti hamda Teves", - deya futbolchidan Corriere dello Sport iqtibos keltirmoqda.


Manba: football.kulichki.ru