

"Manchester Yunayted" klubi "Barselona"ga Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan 190 million evroni to'lab bermoqchi deb xabar bermoqda Globo Esporte.
Agarda ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, unda bu xarid jahon futbolidagi eng qimmat transfer bo'ladi.
Hozircha dunyoning eng qimmat transferini "Real" amalga oshirgan. "Qirollik klubi" Garet Beyl uchun "Tottenxem"ga 100 million evro to'lab bergandi.



