Genrix Mxitaryan “Borussiya” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

5 iyul 2013, 16:13
“Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan “Borussiya” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar bermoqda Bild.

“Borussiya” klubi futbolchi uchun 23 mln evro taklif etgan, biroq “konchilar” haligacha Mxitaryan uchun 30 mln evro so'rashmoqda.

Mxitaryanga Angliyaning“Liverpul” va “Tottenxem” klublari ham qiziqib kelishayotgandi, lekin futbolchi dortmund klubi bilan kelishib bo'ldi. Endi klublar yaqinda bo'lib o'tadigan muzokaralarning keyingi raundida o'zaro kelishib olishlari kerak.


Manba: sports.ru