Gattuzo: "Messini tushimda yoki "Playstation"da to'xtata olaman"

Mirjalol Normatov
2 avg 2020
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo YCHL 1/8 finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi bahsdan oldin Leo Messi haqidagi savolga javob berdi.

Italiyalik mutaxassis forvardni to'xtatish yo'lini topa olmaganligini aytdi.

"Jamoa bo'lib o'ynashimiz kerak, imkoniyatlardan foydalana olish lozim. Raqib oson emas. Miyani bir joyga qo'yib, nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz lozim. Messi? Uni tushimda to'xtata olishim mumkin yoki "PlayStation"da.

Insinega yaqin vaqtlar ichida baho bera olamiz, bunga tibbiy test natijalari kerak. Barchasi kutganimizdek jiddiy bo'lmasligiga umid qilamiz", - dedi Gattuzo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express