Garri Nevillning fikricha, "Manchester Yunayted" Mourinyoni iste'foga chiqarmasligi kerak

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 14:20
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Gari Nevill "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo jamoadan ketmasligi kerakligini aytdi.

"Angliya Kubogidagi g'alabadan so'ng Lui van Gal ishdan olingan, Moyes chempionat yakunlanishiga to'rtta tur qolganda iste'foga chiqarilgan edi. Mourinyoning uchinchi mavsum sindromiga oid ko'plab yangiliklarni o'qidim, ammo buning hammasi tarixning bir qismiga aylandi. Menimcha, "Manchester Yunayted" murabbiylik poziciyasida barqarorlikka erishishi lozim.

Menimcha, Mourinyo va Vudvord o'zaro munosabatdagi muammolarni hal qilishi kerak. Klub shaxsiy qiziqishlardan ustun turadi, hozir ichki kurash va siyosat uchun yaxshi vaqt emas. Bor-yo'g'i 3ta tur o'tdi - portugaliyalik mutaxassisning iste'fosini muhokama qilishga hali erta. Mourinyo maygacha ishlashi lozim va agar u o'z vazifasini uddalay olsa, kelasi mavsum ham jamoada qolishi mumkin" - deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports