Garet Sautgeyt: Runi hali terma jamoadan butkul ketgani yo'q

Narzulla Saydullayev
26 mar 2017, 13:31
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi haqida gapirib o'tdi.

31 yoshli futbolchi jarohati bois terma jamoaga chaqirilmadi.

Uni hisobdan chiqarganim yo'q. Runi hali xayrlashuv o'yinini o'tkazmaydi. Uning terma jamoadagi faoliyati tugadi deyishga hali erta.

Jarohat bois 9 nafar futbolchimiz safdan chiqqan: Keyn, Rouz va Runi kabilar ham bor. Ammo bu muammo emas. Bular sog' bo'lishganida termaga chaqiruv olishardi, – deydi Sautgeyt.

Runi – ayni paytda 53ta gol bilan Angliya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com