Futzal. O'zbekiston terma jamoasi yig'inni boshladi

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2016, 15:43
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionatiga so'nggi tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beruvchi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan 10:00 va 17:00 larda o'tkaziladi.

Oxirgi yig'inda ishtirok etganlardan Davron Abdurahmonov va Eldor Hoshimov bu safar terma jamoaga chaqirilmagan. Ularning o'rniga Xitoyning "Gansu Masrey" klubi sharafini himoya qilayotgan Shuhrat Tojiboev taklif etilgan.

Bugun ertalabki mashg'ulotda barcha futzalchilar to'liq ishtirok etishdi, hech kimda jarohat yo'q. Mashg'ulotda asosiy etibor o'yin paytida yuzaga keladigan vaziyatlardan unumli foydalanishga qaratildi.

Ushbu yig'in 20 yanvarga qadar davom etadi. 21 yanvar kuni vakillarimiz Qozog'iston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Olma-Ota shahriga uchib ketishadi. Qo'shnilarimizga qarshi o'yinlar 22 va 23 yanvarga mo'ljallangan.

Ushbu yig'inga quyidagi futzalchilar chaqirildi.

#

Ismi

Familiyasi

Jamoasi

1

Rustam

Umarov

“Olmaliq”

2

Klim

Tyugaev

“Olmaliq”

3

Akmal

Xazratqulov

“Do'stlik-AIN”

4

Feruz

Faxriddinov

“Do'stlik-AIN”

5

Konstantin

Sviridov

“Olmaliq”

6

Javlon

Anorov

“Olmaliq”

7

Sunnat

Kuralov

“Olmaliq”

8

Andrey

Shlema

“Olmaliq”

9

Jamoliddin   

Sharipov

“Olmaliq”

10  

Farhod

Abdumavlonov  

“Ardus”

11

Dilshod

Rahmatov

“Ardus”

12

Davron

Choriev

“Ardus”

13

Dilshod

Irsaliev

“Ardus”

14

Nodir

Eliboev

“Ardus”

15

Ilhom

Hamroev

“Ardus”

16

Artur

Yunusov

“Ardus”

17

Shuhrat

Tojiboev

“Gansu Masrey” 


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasi Qirg'iziston, Livan hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.


Ta'kidlab o'tish kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinni egallagan terma jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz