

Tailand poytaxti Bangkokda o'tkaziladigan musobaqada munosib ishtirok etishni ko'zlagan "Olmaliq" o'z safiga "Ardus" a'zolari Farhod Abdumavlonov hamda Davron Chorievlarni qo'shib oldi. Har ikki futzalchi ham Aleksandr Petrov jamoasiga ijara asosida kelib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" Eronning “Tasisat Daryoi” hamda Livan chempioni “Al Mayadin” klublari bilan birga “B” guruhidan joy olgan.
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida "Olmaliq" jamoasiga omad tilab qolamiz.



