Futzal. Artur Yunusov jamoasi yana g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2014, 10:19
Ozarbayjonning “Fener” futzal klubi mamlakat chempionatining ikkinchi davra 2-tur uchrashuvida ham g'alaba qozondi.
Avval xabar berganimizdek, o'tgan haftadan ushbu klub sharafini Artur Yunusov himoya qila boshladi. Hamyurtimiz debyutini nishonlagan uchrashuvda “Fener” Ozarbayjonning amaldagi chempioni “Azar”ni yirik 4:0 hisobida taslim etgandi.  

Kecha o'tkazilgan o'yinda esa bokuliklar hamshaharlari “Neftchi” jamoasiga qarshi “Abu Arena”da parketga chiqishdi. Qiyin kechgan uchrashuvda Artur Yunusovning jamoasi 4:2 hisobida zafar quchdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com