Futbol uchrashuvi o'rniga "Otalar so'zi"

Aslanov Jasurbek
14 mar 2020
Bugun, 14 mart kuni Superliganing 3-turidan o'rin olgan 3ta uchrashuv o'tkazilishi kerak.

"Sport" telekanali uchchala uchrashuvni jonli efirda namoyish etishi haqida Telegramdagi sahifasida e'lon qilgan edi.

Afsuski, "Mahalla" telekanalida ko'rsatilishi kerak bo'lgan "Mashal" - "Qizilqum" o'yini o'rniga "Otalar so'zi" ko'rsatuvi namoyish etilmoqda. Hozircha telekanalning Telegramdagi sahifasida ushbu o'yin translyatsiyasi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.


YANGILANDI

"Sport" telekanali sahifasida "Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvi haqida rasmiy xabar e'lon qilindi. Ushbu o'yin bugun 22:30da yozib olingan holda "Sport" telekanalida namoyish etiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: