Fransiya Superkubogi-2021 qaysi davlatda o'tishi ma'lum bo'ldi
Eldor Akmurzayev
11 mar 2021, 21:00
Qaror payshanba kuni bo'lib o'tgan Fransiya professional futbol ligasi direktorlar kengashi tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda qabul qilindi.
Unga ko'ra, 2021 yilgi Fransiya Superkubogi uchun bahs Isroilda bo'lib o'tadi. O'yin 1 avgust kuni Tel-Avivdagi “Blumfild” o'yingohida o'tishi ko'zda tutilgan.
Superkubokning amaldagi g'olib esa PSJ hisoblanadi.