Firmino: "Biz Koutino bilan Ronaldo va Ronaldinyoga o'xshashga urinyapmiz"

Aslanov Jasurbek
24 avg 2015, 15:20
"Liverpul" yarim himoyachisi Roberto Firminoning fikricha, u va uning do'sti Filippe Koutino o'z terma jamoasiga avvalgi obro'sini qaytarib berishi mumkin.

"Har qanday futbolchi uchun Ronaldinyo va Ronaldo darajasiga yetish juda qiyin, ammo men va Filippe ularga o'xshash uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Germaniyaga qarshi jahon chempionati yarim finalida sodir bo'lag voqea juda alamli. Ammo hozir Braziliya terma jamoasining avvalgi obro'sini tiklashga qodir bo'lgan yangi futbolchilar bor" - deydi Firmino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com